Jamiyat haqida qisqacha ma’lumot

«Prime Electric Engineering» Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi 2018-yilda tashkil etilgan bo’lib, sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgandir. Korxona aksiyadorlik jamiyati shaklida 2018-yilda ro’yxatdan o’tgan bo’lsada, bir necha yillardan buyon samarali faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Jamiyat mahsulotlari i ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda hozirgi zamon talablariga javob beruvchi zamonaviy uskunalarda ishlab chiqariladi. Jahondagi yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchilarining tajribasini o‘rgangan va joriy etgan holda biz mijozlarimizga ma’qul keladigan zamonaviy va qulay mahsulotni yaratamiz.

Jamiyat mahsulotlarining butun liniyasi O‘zbekistonda ishlab chiqariladi, u eng yuqori sifat standartlariga javob beradi.

Jamiyat korxonalarida texnologik liniyalarni jihozlash  va murakkab maishiy texnikani ishlab chiqarishga ixtisoslashgan COMI, ULVAC, Inficon kabi dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetkazib berilgan uskunalar o‘rnatilgan. Yuqori texnologik uskunalar qo‘llanishi tufayli ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilgan, amalga oshiriladigan operatsiyalarning sifati esa har bir bosqichda elektron nazorat tizimi yordamida tekshiriladi.

"Prime Electric Engineering" AJ XKning asosiy faoliyat turi

Jamiyatning asosiy faoliyat doirasi – maishiy texnika va xalq iste’moli buyumlari ishlab chiqarish va sotish orqali aholi va xo’jalik yurituvchi subyektlar ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi. Bugungi kunda jamiyat tomonidan turli savdo belgilari ostida zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda

Jamiyatning asosiy aksiyadorlari
Jamiyatning joylashgan manzili va aloqa ma'lumotlari:

Jamiyatning joylashgan yeri (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi 2-uy.

Elektron pochta manzili:    info@primeelectric.uz.

Rasmiy veb-sayt: www.primeelectric.uz

Aksiyalar soni va ustav kapitali miqdori

Jamiyatning ustav kapitali 2 479 525 000,00 (ikki milliard to’rt yuz yetmish to’qqiz million besh yuz yigirma besh ming) so‘mni tashkil qiladi. U har birining nominal qiymati 5000 so‘m bo‘lgan 495 905 dona oddiy va 0 dona imtiyozli aksiyalarga bo‘lingan.

Jamiyat boshqaruvining tuzilmasi

Jamiyat boshqaruv organlari — Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, Kuzatuv kengashi va Ijroiya organi (Direktor). Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatning yuqori boshqaruv organidir. Kuzatuv kengashi Jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolatiga taalluqli masalalar bundan mustasno. Kundalik faoliyatga rahbarlik yakkaboshchilik asosidagi Ijroiya organi — Direktor tomonidan amalga oshiriladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar:

Aksiya nominal qiymati oshishi, shu jumladan ajning sof foydaning kapitalizatsiyasi hisobiga, aksiyador uchun foydalimi?