«Prime Electric Engineering» Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi Yagona ta’sischisining 27.06.2018 sanasida «Prime Electric Engineering» Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi Xorijiy korxonasini tashkil etish to’g’risidagi qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorda jamiyatning ustav kapitali 2 479 525 000,00 (ikki milliard to’rt yuz yetmish to’qqiz million besh yuz yigirma besh ming,00) so‘mni tashkil etishi belgilandi. Shuningdek, Jamiyat ustav fondi har birini nominal qiymati 5000 (besh ming) so‘m bo‘lgan jami 495 905 (to’rt yuz to’qson besh ming to’qqiz yuz besh) dona oddiy aksiyalardan iborat bo’lishi ko’rsatildi.