Ijro organi

Jamiyatning kundalik faoliyatini raxbarlik qilish va boshqarish yagona ijro organi bo‘lgan – direktor xisoblanadi. Direktor o‘z faoliyatida jamiyat yagona aksiyadori va kuzatuv kengashi qarorlarini bajarilishini taminlash, jamiyat ishlab chiqarish resurslari va pul mablag‘laridan samarali foydalanish, aksiyadorlar manfaatlarini taminlash va ximoya qilish, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari buzilmasligi va ximoya qilinishi xamda amaldagi qonun xujjatlari talablariga rioya etilishiga masuldir.

Direktor yagona aksiyador qarori bilan 1 yil muddatga tayinlanadi.

Direktorning faoliyat yuritish tartibi, vakolatlari, majburiyatlari, xizmat vazifalari jamiyat ustavi, «Ijro organi xaqidagi Nizom», xizmat yo‘riqnomasi, mehnat shartnomasi hamda amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Jamiyatning amaldagi ijro etuvchi organi rahbari – Irisov Raxmatilla Lutfullayevich hisoblanadi.

Irisov Raxmatilla Lutfullayevich  1961 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. U 2018 yil 29 iyundan bugunga qadar Jamiyat ijro organi rahbari vazifasini bajarib kelmoqda.