«Prime Electric Engineering» Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi 2018-yilda tashkil etilgan bo’lib, sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgandir. Korxona aksiyadorlik jamiyati shaklida 2018-yilda ro’yxatdan o’tgan bo’lsada, bir necha yillardan buyon samarali faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Jamiyat mahsulotlari i ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda hozirgi zamon talablariga javob beruvchi zamonaviy uskunalarda ishlab chiqariladi. Jahondagi yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchilarining tajribasini o‘rgangan va joriy etgan holda biz mijozlarimizga ma’qul keladigan zamonaviy va qulay mahsulotni yaratamiz.

Jamiyat mahsulotlarining butun liniyasi O‘zbekistonda ishlab chiqariladi, u eng yuqori sifat standartlariga javob beradi.

Jamiyat korxonalarida texnologik liniyalarni jihozlash  va murakkab maishiy texnikani ishlab chiqarishga ixtisoslashgan COMIULVACInficon kabi dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetkazib berilgan uskunalar o‘rnatilgan. Yuqori texnologik uskunalar qo‘llanishi tufayli ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilgan, amalga oshiriladigan operatsiyalarning sifati esa har bir bosqichda elektron nazorat tizimi yordamida tekshiriladi.